Eron terma jamoasi JChni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligi ehtimoli kuchaymoqda. Eslatib o‘tamiz, musobaqa asosan AQShda bo‘lib o‘tadi va eronliklar uchun viza masalasi avvaldan muammoli bo‘lib kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ham vaziyatga shubha bilan qarayotganini yashirmadi: «Jahon chempionati va AQShning Eronga qilgan hujumi masalasiga kelsak, menimcha, biz musobaqada qatnasha olishimiz qiyin. Biroq bu qarorni men qabul qilmayman», — dedi u jurnalistlarga.
Agar Eron terma jamoasi JChdan chetlatilsa yoki o‘zi qatnashmasa, uning o‘rnini BAA yoxud Iroq terma jamoasi egallashi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing