Infantino Prestianni Vinisius bilan epizodda qizil olish kerakligini aytdi

FIFA prezidenti Janni Infantino maydondagi bahslar paytida ogʻzini berkitib gapiradigan futbolchilarga keskinroq choralar qoʻllash tarafdori ekanini bildirdi. Uning fikricha, bunday holatlarda hakamlar qizil kartochka ko‘rsatishi kerak. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yaqinda Chempionlar ligasidagi uchrashuvda «Benfika» qanot hujumchisi Janluka Prestianni «Real» futbolchisi Vinisius Juniorga murojaat qilayotib ogʻzini futbolkasi bilan yopib olgan. Shundan soʻng braziliyalik futbolchi hakamga raqib tomondan irqchilik mazmunidagi haqoratlar bo‘lgani haqida shikoyat qilgani aytiladi.
Infantinoning ta’kidlashicha, agar futbolchi ogʻzini yopib nimadir desa va keyin uni irqchilikda ayblashsa, bu vaziyatning o‘zi qizil kartochkaga sabab bo‘lishi lozim. U buni “oddiy mantiq” deb izohlab, haqoratli gap bo‘lmasa, ogʻizni berkitishga ehtiyoj yo‘qligini qayd etdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Real» «Benfika»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!