Eduard Mor Roma va Yuventus o'yinidagi 3:3ga baho berdi

Moskvaning «Spartak» klubida to'p surgan sobiq himoyachi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor A Seriyaning 27-turida «Roma» va «Yuventus» o'rtasida kechgan golli durang haqida fikr bildirdi. Rimdagi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mor «Yuventus» 1:3 hisobida ortda qolgan paytda turinliklar bu o'yinni qutqarib qololmaydi, deb o'ylaganini aytdi. Shunga qaramay, uning ta'kidlashicha, jamoa avval ham bir necha bor uchrashuvning so'nggi daqiqalarida vaziyatni o'zgartirishga muvaffaq bo'lgan. «Spalletti jamoasi xarakter ko'rsatdi. Ajoyib o'yin», — dedi ekspert «Match TV» efirida.
Ushbu natijadan so'ng «Roma» 51 ochko jamg'arib, Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Lyuchano Spalletti boshqaruvidagi jamoa esa 47 ochko bilan oltinchi pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!