Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiysi Uli Shtilike ishdan bo‘shatilgani, aniqrog‘i, haydalganini yaxshi bilasiz. Bunga sabab Qatardan uchralgan mag‘lubiyat. Ha, birgina shu mag‘lubiyat terma jamoa mutasaddilarining sabr-kosasini to‘ldirdi va Shtilikega javob berildi. Vaholanki, Janubiy Koreyaning imkoniyatlari to‘liq saqlanib qolgan, koreyslarning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati biznikidan yaxshiroq. Shunday bo‘lsa-da, Koreya futbol federasiyasi tavakkal qilishni istamadi va hali imkon borligini tushunib, tezroq harakat qilishga undadi.
Bizda esa bosh murabbiyni bo‘shatish uchun koreyaliklarnikiga o‘xshagan besh-oltita sabab bor edi. Birgina Suriyadan uchralgan mag‘lubiyatni olaylik. Bu mag‘lubiyat yaxshigina sabab edi Babayanni bo‘shatishga. Biroq federasiya rahbarlari Babayanga oxirigacha imkon berishga qaror qilishdi. Xo‘sh, nega Janubiy Koreya mutasaddilari Shtilikeni olib qolmadi? Axir Ulining ham shartnomasi bordir. U ham mavsum oxirigacha, balki keyingi yil uchun ham shartnoma tuzib qo‘ygandir. Bundan tashqari, u tajribali murabbiy edi Babayanga qaraganda. Nega u bo‘shatildiyu, undanda sharmandali natijalar qayd etgan Babayan lavozimida qoldi? Nima, koreya futbolining qadri o‘zbek futbolidan ustunmi? Yoki bizning mutasaddilarimiz Janubiy Koreya futboli mutasaddilaridek jonkuyar emasmi? Bunday keskin fikrlashimizga etarli asos bor. Janubiy Koreya jahon chempionatiga chiqish uchun astoydil ter to‘kyapti, terma jamoaning bosh murabbiyi tugul texnik xodimlarigacha almashtirilyapti. Bizchi, biz nima qilyapmiz? Oxirgi qurultoydan so‘ng arzirli yangilik eshitmadik-ku! Babayan biror marta o‘zining keyingi rejalarini e’lon qilmadi-ku! Jahon chempionatiga tayyorgarlik kuchayganini anglatuvchi xabarlar chiqmadi-ku! Bizda hamon jimlik, sukunat.
To‘g‘risi, borgan sari jahon chempionatiga chiqish umidimiz so‘nib bormoqda. Eng yomoni, terma jamoa murabbiylaridan qutulish uchun jahon chempionatidan quruq qolishga, mag‘lubiyatga ham tayyor bo‘lgan muxlislar bor. Bu fojia emasmi?
Bilmadim, yana nima qilish kerak? Taxminimcha, Xitoyga qarshi o‘yingacha ana shunday sukunat hukm suradi. Xitoyga qarshi o‘yinda esa yana o‘sha almisoqdan qolgan o‘yinchilarni ko‘ramiz va yana qoniqarsiz natija qayd etiladi. Janubiy Koreya Eronga yutqazib qo‘yganda esa attang qilib o‘tiraveramiz “Xitoyga qarshi o‘yinda uch ochko olsak bo‘lmasmidi” deb. Biroq murabbiylarimizning bahonasi o‘zgarmaydi: “Hali imkoniyatimiz bor”. Ishqilib, bu sarob bo‘lib chiqsin-da! So‘zimiz so‘ngida aytar gapimiz shu: “Vijdoningiz uyg‘oting, o‘zbek futboliga javobgar shaxslar”.
Manba: penalti.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi