Toshkentda issiq suv sifati vaqtincha yomonlashdi

1 daqiqa o'qish303
Toshkentda issiq suv sifati vaqtincha yomonlashdi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida aholi issiq suvning rang o‘zgarishi — ya’ni zang tusida chiqishi bo‘yicha shikoyat qilmoqda, deb xabar berdi “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, bu holat vaqtincha bo‘lib, isitish mavsumi oldidan quvurlardagi sinov ishlari bilan bog‘liq. Sug‘dlangan tizimlar tiklanayotgani sababli suv qisqa vaqtga jigarrang tus olishi mumkin.

Tekshiruv natijasida ayrim uylarda suv oqimi qaytish quvuri orqali uzatilgani aniqlangan. Bu haroratning pasayishi va temir zarralarining chiqishiga sabab bo‘lgan.

Kompaniya hozir boshqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda quvurlarni tozalash va texnik suvni chiqarish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, “Veolia Energy Tashkent” iste’molchilarga murojaat qilib, suv sifati tashqi sabablar bilan yomonlashgan hollarda to‘lovlar qayta hisoblanishini ma’lum qildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat texnik jarayon bo‘lib, tez orada suv sifatining me’yorga kelishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?