
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida AQSHga amaliy tashrif bilan boradi. Tashrif doirasida u AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi C5+1 formatidagi sammitda qatnashadi.
Uchrashuv 6 noyabr kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
AQSH tomonidan mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil Serjio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentga tashrif buyurdi. Ular mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilganidan so‘ng Qozog‘istonga yo‘l olishgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham Donald Trampning taklifi uchun minnatdorlik bildirgan. Shu bilan birga, sammitda iqtisodiy sheriklik, xavfsizlik va savdo yo‘nalishlaridagi yangi tashabbuslar muhokama etilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning sentyabr oyida ham Donald Tramp bilan qisqa uchrashuv o‘tkazgandi. Bu safargi muzokaralar esa ikki davlat munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Tramp bilan Vashingtonda uchrashadi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar