
Angliya Premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv futbol muxlislari uchun voqealarga boy kechdi.
Birminghemdagi “Villa Park” stadionida mahalliy “Aston Villa” klubi “Manchester Siti”ni qabul qildi. Ushbu bahsda ko‘pchilik “shaharliklar”ni favorit sifatida ko‘rgan bo‘lsa-da, uning natijasi kutilmagan tarzda yakun topdi. Unai Emeri shogirdlari raqibni kuchli himoya va tezkor qarshi hujumlar bilan sinovdan o‘tkazdi. 19-daqiqada Metti Keshning aniq zarbasi hisobni ochdi va bu gol o‘yin taqdirini hal qildi. 1:0 — “Aston Villa”ning jonboz g‘alabasi.
Aston Villa – Manchester Siti 1:0
Gol: Kesh 19
Aston Villa – Martines, Kesh, Konsa, Torres, Din, Kamara, Onana, Makgin (Barkli, 74), Rojers, Buendia (Sancho, 29), Uotkins.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash, Stounz (O’Rayli, 61), Gvardiol, Reynders (Sherki, 76), Bobb (Dok-u, 61), Foden, Silva (Niko, 61), Savinio, Holand.
Bu natija bilan “Villa” ochkolarini 13 taga yetkazdi va jadvalning o‘rta qismidagi holatini mustahkamladi. “Manchester Siti” esa 16 ochko bilan peshqadamlar orasida qolgan bo‘lsa-da, oxirgi turlardagi noaniq o‘yinlari sabab bosim ostida qolmoqda.
Kunning yana bir muhim bahsida “Arsenal” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni minimal hisobda mag‘lub etdi. 39-daqiqada Eberechi Eze kiritgan yagona gol “to‘pchilar”ga muhim 3 ochko olib keldi. Bu g‘alaba orqali Mikel Arteta shogirdlari ochkolarini 22 taga yetkazib, jadvalning yuqori qismida qolmoqda.
Arsenal – Kristal Pelas 1:0
Gol: Eze 39
Arsenal – Rayya, Kalafiori, Gabriel, Saliba (Moskera, 46), Timber, Subimendi, Eze, Rays (Merino, 82), Trossar, Gokeresh, Saka (Martinelli, 66).
Kristal Pelas – Henderson, Richards, Lakrua, Gehi, Munos, Uorton, Kamada, Mitchell, Sarr, Pino, Mateta.
Bornmutdagi uchrashuvda mahalliy jamoa “Nottinghem Forest”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Taverniyer va Kruopi kiritgan gollar mezbonlarga ishonchli g‘alaba keltirdi. Bu natija “Bornmut”ga jadvaldagi xavfli zonani tark etish imkonini berdi.
Bornmut – Nottinghem Forest 2:0
Gollar: Taverniyer 25, Kruopi 40
“Vulverxempton” va “Byornli” o‘rtasidagi bahs eng dramatik uchrashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda mehmonlar ikki bor Flemming orqali gol urib, hisobiga ustunlik qildi. Ammo “Vulvs” javob zarbalari bilan o‘yinni tenglashtirdi. Shunga qaramasdan, 90+5-daqiqada Fosterning oxirgi daqiqadagi zarbasi “Byornli”ga g‘alaba keltirdi — 3:2.
Vulverhempton – Byornli 2:3
Gollar: Larsen 42, Munesi 45+4 – Flemming 14, 30, Foster 90+5.
Bu turdan so‘ng Premer-liga jadvali yanada qiziq shakl oldi. “Arsenal” peshqadamlikni saqlab qolmoqda, “Manchester Siti” esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng bosimni his qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!