2001 yil Samarqand shahrida tashkil qilingan FIFAning «S» toifasidagi lesenziyasi uchun o‘quv kursida qatnashgandim. Kursni esa Yaponiyalik mutaxassis Fujita janoblari olib borgan edi. Mehmonxonada darvozabon bilan bitta xonada turishimga to‘g‘ri kelgandi. U bilan hazil – huzil, u-bu haqda gaplashib bahs boylashdik: o‘nta jarima zarbasidan o‘nta gol uraman! U esa hozirjavoblik bilan: urolmaysiz! -dedi.
Ertasi kuni mashg‘ulotdan keyin bahsimizni davom ettirdik. U darvozada, men jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llayapman: o‘nta zarba, o‘nta gol! Darvozabon bironta zarbamga ham tashlana olmadi. Faqat ko‘zlari bilan «kuzatib» qo‘ydi. Barcha zarbalarim men mo‘ljal olgan joyga bexato borardi. Fujita ham bizni bahsimizni kuzatib turgan ekan, tarjimon bilan oldimga kelib savollarga ko‘mib tashladi.
Qanday qilib tepayapsiz? Buning siri nimada? Yana to‘pni boshqatdan qo‘ydirib tepdira boshladi. Zarba ketidan zarba va gollar. Oldinlari o‘zimdagi bu «ruhiy holat»ni farqiga bormasdim. Ko‘pincha mana shu «ruhiy holat»da futbol o‘ynardim, gohida bu «holat»ni yo‘qotib qo‘ygan vaqtlarim ham bo‘lgan. Futbolchining shunday «ruhiy holat»i bor-ki, bu holatda ruh butun tanani va oyoqlaringizni zarbaga moslaydi. Futbolchi bu «holat»ga kira olsa, jarima zarbasidan zarba beradimi yoki futbol o‘yini jarayonida zarba beradimi, buning mutlaqo ahamiyati yo‘q. To‘p siz mo‘ljal olgan joyga bexato boradi. Faqat bu holatga kira olishni o‘rganishimiz kerak.
Qanday qilib bu «holat» kirish mumkin? Bu holatga, bu «O‘zga olam»ga kirish darvozasi qayerda joylashgan?
Futbolga nisbatan Ishq va Muhabbat tufayli, undan olinadigan lazzatlanishning avj yuqori emosional ko‘tarinkilik holatida oltinchi sezgi ishga tushib ketadi. Agar buni muntazam va tartibli ravishda o‘tkazilsa, shartli refleks paydo bo‘lib, bu vaqtda miya to‘liq ishlaydi.
Masalan, Messiga o‘xshagan «ixtiro»chi kashshoflar bu ILMdan qanday foydalanish mumkinligini ongsiz ravishda o‘zi uchun kashf qildi. Messi buning nima ekanligini tushuntirib bera olmaydi, lekin qanday foydalanishni biladi. ILM mavjud. Xudodan kelgan ILM bor. Uni tabiatning o‘zi namoyon qilib qo‘yibdi. Har bir inson intellektual salohiyatiga qarab bu cheksiz ilmdan ulush olishi mumkin. Messida bor narsa futbolchilarimizning hammasida bor. Faqat bu ILMdan qanday foydalanishni o‘rganishimiz kerak. Albatta, albatta hech kim hech kimni takrorlay olmaydi. Har kim o‘ziga xos. Men futbolchilarning futbol maydonidagi samaradorligi haqida gapirayapman. Samaradorligingiz Messinikidan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
U va bu holatlarga etishish uchun qanday va nimani mashq qilish lozim?
Agar bu matnni qandaydir zamonaviy sinchkov qo‘llanmalar havaskoriga ko‘rsatilsa bormi, u shu zahoti hasaddan hushidan ketib yiqilishi mumkin. Chunki sizning oldingizda qat’iy, imkon boricha lunda, tarashlangan va silliqlangan ko‘rsatma yotgan bo‘ladi.
O‘tgan yili «Inter futbol» gazetasida 120 kgli baqaloq Bas van Velzen haqida yozishdi. U «Leverpul» futbolchilari Mario Balotelli va Miron Markovichni o‘zining jarima zarbalari bilan hayrat ko‘chasiga etaklagan edi. U qanday qilib tepish «texnika»sini qo‘lga kiritdi? Aslida «texnika» atamasi noyob futbolchilarning «noyob» harakatlarini tushuntirib berish uchun qo‘llaniladi. «Texnika» degan narsa yo‘q, shunchaki tanani boshqarish bor.
Futbol dunyosi faqat Messi va Krishtianulardan iborat emas. Aslini olganda butun futbol dunyosi sizdan iborat. Kimningdir ixtirosiga boshqa kimlardir ta’zim qilib yurishibdi. Eng qizig‘i, uni iste’dod deya tasavvur etib, noto‘g‘ri yo‘ldan ketayapsiz. Siz o‘zingiz yarating, o‘zingiz amal qiling! O‘zingizni kuzatuv ostiga oling, siz bir paytni o‘zida «labaratoriya»siz, shu vaqtni o‘zida «tajribadagi quyoncha»siz, ayni damda professor ham o‘zingizsiz. Yarating! To‘la ishonch bilan shuni ayta olamanki, «u» sizda bor.
«Holva, holva», deb qancha gapirma, baribir og‘zing chuchimaydi. Shunaqa deyilarmidi? Lekin «tekin, tekin» deyilsachi? Oh, qanchalik yoqimli, lazzatli! O‘rtadagi farq esa bor – yo‘g‘i bittagina «men» nomli kichkinagina dangasa.
Nima uchun ko‘pchilik futbolchilarimizning jahon bozoridagi narxi million dollarga ham tortmaydi? Buning sabablari qayerda? Aslida, har biri yigirma milion dollarlik iste’dodni ko‘tarib yurishgan bo‘lishsa-da.
Biz o‘z shogirdlarimizni qanday qilib o‘zimizga o‘xshatib qo‘yamiz? Biz uning tabiiy holatini rivojlantirish o‘rniga, keraksiz narsalarni tiqishtiramiz: u yoqqa yugur, bu yoqqa chop! Biz, shogirdlarimiz bizdan – da yuksakroqda bo‘lishlarini hohlaymiz. Ularni bizdan ham uzoqroqqa borishlarini orzu qilamiz. Ular har jihatdan bizdan yaxshiroq bo‘lishiga harakat qilamiz. Fikrimga ko‘shilasizmi?
Mana, buyuk hazillardan biri: Biz tarbiya berishni oshirib yubordik. Ularni nima qilib qo‘ydik? Zombi. Yoki robot desammikin? Etaklanib yuradigan, har doim kimdir to‘g‘ri maslahat berib turishiga, har doim kimdir to‘gri yo‘l ko‘rsatib turishiga o‘rgatdik.
Xo‘sh, bundan nima kelib chiqayapti? O‘zbek futboliga bir ugirilib qarang, mana shular kelib chiqadi. Men o‘zbek futbolchilarining saviyasini nazarda tutayapman. Boshqa sohalarga «til» tekkizganim yo‘q. Aynan futbolchining saviyasi o‘zbek futboli saviyasini belgilab beradi. Shu bilan shug‘ullanamiz.
Saviyani o‘zi nima? Saviya, bu –futbolchining fikrlash qobiliyati, dunyo futbolida tutgan o‘rni va o‘z oldiga qo‘ygan orzu – maqsadlari bilan belgilanadi. Endi bu xaqida sal keyinroq gaplashamiz. Har holda yunalishni ko‘rsatib qo‘ydim.
Kichkinagina sayohatni hohlaysizmi? Yaqinda «Nasaf jamoasi yoshlari bilan trening – seminar o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Ularga shunaqa savol bilan murojaat qildim: Siz futbol maydonida o‘zingizni xuddi «dengizdagi nahang»dek his qilishlaring uchun nimalar halaqit beradi? Ular chug‘urlashib sanay boshlashdi… Shunchaki o‘yin tarzida sakkizta muammoni sanab berishdi. Qarang –a! Bularning hammasi ruhiyat bilan bog‘liq muammolar edi. Futbol faqat jismoniy, texnik, taktik mashg‘ulotlardan iborat emas.
Bu uchchalasi tarozining bir pallasi bo‘lsa, ruhiyatning o‘zi ikkinchi pallani tashkil qiladi. Hozirgi zamon o‘zbek futbolidagi eng dolzarb masala, bu ruhiyat bilan bog‘liqdir. Inson ruhiy olamida cheksiz imkoniyatlar yashiringan. Uni kashf qilib o‘z foydamizga, muvaffaqiyatimizga ishlata olishimiz, bu endi boshqa masala.
Mahmayusuf Berdiev
Manba: www.sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»