Lay's brendi o‘zining qariyb bir asrlik tarixidagi eng katta yangilanishni boshdan kechirmoqda. PepsiCo ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya Lay's uchun tubdan rebrending va retsept yangilanishini amalga oshirmoqda.
PepsiCo‘ning bosh dizayn direktori Karl Gerxardning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangilanish brendning asosiga bo‘lgan muhabbat va sodiqlik ramzidir. “Yangi dizayn orqali jamoamiz Lay'sning butun dunyoda tanilgan ta’mini zamonaviy uslubda namoyon etadi”, — deydi u.
Lay's endilikda har bir chipning markazida haqiqiy kartoshka va haqiqiy inson mehnati borligini ko‘rsatishni maqsad qilgan. Kompaniya sun’iy ta’m va ranglardan voz kechib, iste’molchilarga sog‘lomroq va kengroq mahsulot turlarini taklif etishni rejalashtirmoqda
Lay's Baked va Lay's Kettle Cooked turlari ham yangilangan retsept asosida qayta ishlanmoqda. Masalan, pishirilgan chiplar endi zaytun moyida tayyorlanadi va oddiy chiplarga nisbatan 50 foiz kamroq yog‘ saqlaydi. Dengiz tuzi bilan tayyorlanadigan yangi Lay's esa avakado moyidan foydalanadi va yog‘ miqdori 40 foizga kamaytirilgan.
Dunyo bo‘ylab 4000 dan ortiq kartoshka navlari mavjud, ammo ularning atigi 10 tasi Lay's ishlab chiqarishi uchun mos hisoblanadi. Kompaniya fermerlar bilan hamkorlikda eng sifatli kartoshkani yetishtirish uchun 9 yilgacha vaqt sarflaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!