date

Zlatan Ibragimovich: “Farzandlarim mening nomim ostida yashamaydi”

Zlatan Ibragimovich: “Farzandlarim mening nomim ostida yashamaydi”

Shvesiyalik afsona Zlatan Ibragimovich so‘nggi intervyusida shaxsiy hayoti va farzandlari haqida ochiq fikr bildirdi. Uning aytishicha, mashhur otaning farzandi bo‘lish har doim ham oson emas.

«Ularning otasi tarix yozgan odam. Bu, albatta, ular uchun og‘ir. Chunki jamoatchilik ularni men orqali baholaydi. Shu sabab, avvalo, men ularga futbol bilan shug‘ullanishmaslikni maslahat bergandim, lekin hayot kutilmagan yo‘lni tanladi — ular baribir futbolni tanladi (kuladi)», — dedi Zlatan.

Mashhur futbolchi shuningdek, farzandlariga xotinining familiyasini berishga qaror qilganini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror bolalarni ortiqcha bosim va jamoatchilik e’tiboridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
«Men ularni erkin, o‘z yo‘lini tanlagan insonlar sifatida ko‘rishni istayman. Ular mening nomim bilan emas, o‘z mehnati bilan odamlarning hurmatini qozonishsin», — dedi u.

Zlatanning bu qarorini muxlislar turlicha baholagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning bu harakatini otalik etukligi va farzandlar erkinligiga bo‘lgan hurmat deb qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich futbol tarixidagi eng nufuzli jamoalar — «Barselona», «Milan», «Inter» va «PSJ» tarkibida o‘ynagan. U Italiya chempionatida besh, Fransiyada to‘rt marta chempionlikni qo‘lga kiritgan, shuningdek, La Liga va Yevropa Ligasida ham g‘olib bo‘lgan.

Ibragimovich hozirda faoliyatni yakunlagan bo‘lsa-da, uning nomi hanuz futboldagi xarizma, mehnat va ishonch ramzi sifatida tilga olinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zlatan Ibragimovich: “Farzandlarim mening nomim ostida yashamaydi”