O‘zbekiston terma jamoasining bo‘lajak raqibi bo‘lgan Urugvay termasi Malayziyada Dominikan Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi. Uchrashuv Kuala-Lumpurdagi “Bukit Jalil” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv juda shiddatli va nisbatan barobar kechdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa bir necha xavfli hujum uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda urugvayliklar ustunlikni qo‘lga kiritib, zarur natijaga erishdi.
Uchrashuvning yagona goli ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Ignasio Lakintana tomonidan kiritildi. Uning aniq zarbasi jamoasiga g‘alaba keltirdi va Urugvay termasi uchun muvaffaqiyatli sinovga aylandi.
Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Urugvay — Dominikan Respublikasi 1:0
Gol: Ignasio Lakintana (60-daqiqa)
Maydondagi tarkib:
Kristofer Fermarin, Nikolas Marichal (Santiago Bueno, 46), Santyago Mourino, Marselo Sarachchi, Kevin Amaro (Agustin Alvares, 46), Nikolas Fonseka, Ignasio Lakintana, Xose Luis Rodriges (Emiliano Martines, 46), Xuan Manuel Sanabriya (Rodrigo Salasar, 46), Lusiano Rodriges, Fakundo Torres (Federiko Vinyas, 46’).
Zaxiradagilar: Franko Israel, Paulo Sebastyan, Santyago Bueno, Emiliano Martines, Agustin Alvares, Rodrigo Salasar, Federiko Vinyas, Brayan Chamorra, Xulio Gonsales, Pablo Dagirre, Lusiano Laureyro, Fakundo Borxes.
Malakkada O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan bahs oldidan bu g‘alaba Urugvay uchun muhim sinov bo‘ldi. Murabbiylar yangi taktik sxemalarni sinab ko‘rish va yosh futbolchilarni baholash imkoniga ega bo‘ldilar.
Endilikda urugvayliklar e’tiborini 13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston bilan uchrashuvga qaratmoqda. Bu bellashuv har ikki terma jamoa uchun ham jahon chempionati saralashi oldidan muhim tayyorgarlik sinovi bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!