date

Pedagoglar uchun malaka sinovlari sanasi e’lon qilindi: to‘liq jadval

Pedagoglar uchun malaka sinovlari sanasi e’lon qilindi: to‘liq jadval

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun joriy yilning avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlari bo‘yicha aniq sana va yo‘nalishlar belgilandi. Bu haqida Ta’lim inspektsiyasi ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, sinovlar 21 oktabrdan boshlab turli fan yo‘nalishlarida bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.

21 oktabr
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Tojik, Turkman, Qirg‘iz va Qozoq tillari va adabiyotlari.

22 oktabr
Geografiya, Biologiya, Iqtisodiy bilim asoslari.

23 oktabr
Informatika va axborot texnologiyalari.

24 oktabr
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, psixologlar, musiqa rahbarlari, chet tillari o‘qituvchilari (ingliz, rus, fransuz, nemis), jismoniy tarbiya, defektolog va logoped mutaxassislar hamda metodistlar uchun sinovlar bo‘lib o‘tadi.

25 oktabr
Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlari bo‘yicha.

27 oktabr
Tarix, davlat va huquq asoslari hamda tarbiya fanlari.

28–29 oktabr
O‘zbek tili va adabiyoti (o‘zbek sinflar uchun), davlat tili bo‘yicha sinovlar.

29 oktabr
Kimyo va fizika fanlari.

30–31 oktabr
Umumta’lim maktablarining ingliz tili o‘qituvchilari uchun.

1 noyabr
Tasviriy san’at, chizmachilik va texnologiya fanlari bo‘yicha, shuningdek chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik yo‘nalishida.

3–7 noyabr
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun sinovlar.

7 noyabr
Fransuz, nemis, yapon, koreys va xitoy tillari, psixolog, defektolog va logoped mutaxassislar uchun.

8 noyabr
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun pedagogik mahoratini baholash.

10–11 noyabr
Matematika fanidan sinovlar.

11–12 noyabr
Qoraqalpoq tili (davlat tili sifatida) va Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha.

Pedagoglar malaka toifasi (test) sinovlariga shaxsiy identifikatsiya ID-kartasi yoki fuqarolik pasporti bilan kelishlari kerak.

Ta’kidlanishicha, zarurat tug‘ilgan hollarda sinov kunlari o‘zgartirilishi yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunday hollarda pedagoglar oldindan qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Bu sinovlar nafaqat pedagoglar malakasini baholash, balki ularning bilim va tajribasini amalda ko‘rsatish uchun muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pedagoglar uchun malaka sinovlari sanasi e’lon qilindi: to‘liq jadval