date

JCH-2026 saralash. Yevropada gollar yomg‘iri kuzatildi...

JCH-2026 saralash. Yevropada gollar yomg‘iri kuzatildi...

JCH-2026 Yevropa saralashida kecha haqiqiy "gol karuseli" kuzatildi. Ralf Rangnik boshqaruvidagi Avstriya o‘z uyida San-Marino ustidan 10:0 hisobida g‘alaba qozondi - mezbonlar maydonning har bir qismida ustunlik qilishdi. Marko Arnautovich poker qayd etdi, Shmidt, Gregorich, Laymer, Vurmbrand gol urishdi, Posh esa dubl bilan ajralib turdi.

Avstriya - San-Marino 10:0

Gollar: Shmidt (7), Arnautovich (8, 47, 83, 84), Gregoresh (24), Posh (30, 42), Laymer (45), Vurmbrand (76).

Niderlandiya ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi: Maltani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Gakpo har ikki bo‘lim boshida penaltilarda aniq ishladi, Reyndersning yo‘llagan zarbasi va Depayning qo‘shimcha daqiqalardagi goli "apelsinlar"ga ishonchli ochkolarni keltirdi.

Niderlandiya - Malta 4:0

Gollar: Gakpo (pen. 12, pen. 48), Reynders (57), Depay (90+3).

Daniya Belarusni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Froxoldt tomonidan ochilgan hisobni Xoylundning dubli, Dorgununning bo‘lim so‘ngidagi zarbasi va Dreyerning ikkita goli katta hisobga aylantirdi. Skandinavlar tezlik, pressing va hujumdagi xilma-xillik bilan raqibni siqib qo‘ydi.

Belarus - Daniya 0:6

Gollar: Froxold (14), Xoylund (19, 45), Dorgu (45+6), Dreyer (66, 78).

Kunning eng shiddatli to‘qnashuvlaridan biri - Chexiya va Xorvatiya o‘yini 0:0 hisobida yakunlandi. Tartibli himoya, ehtiyotkorlik va darvozabonlar mahorati natijani belgiladi.

Chexiya - Xorvatiya 0:0

Finlyandiya - Litva duelida esa "ukkilar" irodali kambek qildi: 0:1dan so‘ng ikkita javob goli bilan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Finlyandiya - Litva 2:1

Gollar: Kallman (48), Marxiyev (55) - Sirvis (25).

Shotlandiya ham shu ssenariyni qo‘lladi - Simikasning golidan so‘ng Kristi, Fergyuson va Dayks hisobni 3:1 qilib, "tartan armiya"ga bayram sovg‘a qildi.

Shotlandiya - Gretsiya 3:1

Gollar: Kristi (64), Fergyuson (80), Dayks (90+3) - Simikas (62).

Kipr - Bosniya va Gersegovina o‘yini dramatik kechdi: dastlab mehmonlar hisobni 2:0ga yetkazdi, ammo maydon egalari avval hisobni qisqartirdi, keyin 90+6 daqiqada penaltidan hisobni 2:2ga yetkazib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Kipr - Bosniya va Gersegovina 2:2

Gollar: Layfis (45+1), Pittas (pen. 90+6) - Katich (10), Mishel (36).

Farer orollari esa Chernogoriyani 4:0 hisobida sensatsion tarzda mag‘lub etdi - Sorensen va Frederiksberg dubllari "vikinglar" uchun tarixiy kechani yaratdi.

Farer orollari - Chernogoriya 4:0

Gollar: Sorensen (16, 55), Frederiksberg (36, 72).

Qisqasi, yo‘llanma uchun olib borilayotgan marafon qizg‘in pallaga kirdi: kimdir raqibini gollar yomg‘iriga ko‘mmoqda, kimdir har bir ochko uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashmoqda. Yevropa esa shu ruhda - har kecha intriga, har maydonda katta his-tuyg‘ular.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 saralash. Yevropada gollar yomg‘iri kuzatildi...