Mashhur fransuz mutaxassisi va sobiq futbolchi Zinedin Zidan yana murabbiylik faoliyatiga qaytish niyatida ekanini bildirdi, deb yozmoqda championat.asia sayti.
“Albatta, murabbiylik faoliyatimga qaytaman.
‘Yuventus’da ishlash? Bu nima uchun amalga oshmaganini bilmayman. Bu klub doimo yuragimda — u menga juda ko‘p narsalarni bergan.
Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, lekin asosiy maqsadlarimdan biri — Fransiya termasini boshqarish. Qolganini vaqt ko‘rsatadi”, — dedi Zidan.
Eslatib o‘tamiz, Dide Desham 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etadi. Shu bois Zidanning milliy jamoani boshqarish ehtimoli yanada kuchaymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar