date

Bloger 80 km/soat tezlikdagi mashinadan to‘pni halqaga tushirdi (video)

Bloger 80 km/soat tezlikdagi mashinadan to‘pni halqaga tushirdi (video)

Mashhur bloger va basketbol murabbiyi Lethal Shooter internetda millionlab ko‘rishlarga sabab bo‘lgan g‘aroyib videoni e’lon qildi. Unda u avtomobilni devorga qaratib, soatiga 80 km tezlikda haydayotgan vaqtda savatga aniq zarba berganini ko‘rish mumkin.

Videoda avtomashina tomga o‘rnatilgan quvurlar ichidagi savat tomon harakatlanmoqda. Bloger bir necha marta urinib ko‘radi va uchinchi harakatda mo‘jizaviy tarzda to‘pni aniq savatga kiritadi.

Lethal Shooter bu hayratlanarli lavhani o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirdi. Ushbu video muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab izohlar qoldirildi.

Ko‘pchilik uning bu harakatini “professionallik va jasorat uyg‘unligi” deb baholadi. Blogerning videosi sport va internet dunyosida yangi sensatsiyaga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bloger 80 km/soat tezlikdagi mashinadan to‘pni halqaga tushirdi (video)