16:05 / 30.01.2018
4 398

Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlar ligasida o‘zbek klublariga omad tiladi

Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlar ligasida o‘zbek klublariga omad tiladi
Bugun O‘zbekiston jamoalari Osiyo chempionlar ligasida joriy mavsumdagi ilk o‘yinlarini o‘tkazadilar. Qarshining "Nasaf" va Toshkentning "Paxtakor" jamoalari musobaqani saralash bosqichidan boshlaydilar.

Toshkent vaqti bilan soat 16:00da Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" Iordaniyaning "Al Faysaliy" jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Coat 22:00da esa Dohada "Paxtakor" mahalliy "Al Garafa" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, ushbu pley-off bahslari bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Jamoalarimiz bugungi bahslarni o‘z foydalariga hal qila olsalar, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqich bahslariga yo‘llanma oladilar.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur bahslarda har ikkala jamoamizga ham omad tiladi.

"Xalqimiz hali hamon yosh futbolchilarimizning g‘alabasini bayram qilmoqda. Kuni kecha futzalchilarimizni yaxshi niyatlar bilan Xitoy Taypeyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga kuzatdik. Ulardan umidimiz katta. Nasib qilsa, yaxshi natijalar bilan O‘zbekistonga qaytadilar.

O‘z o‘rnida bugun Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan ikki klubimiz - "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalariga omad tilaymiz. Ular bugun o‘tkaziladigan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, "Lokomotiv" qatorida chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etishini tilab qolaman. O‘zbek xalqi sizlarga ishonadi. Olg‘a, yigitlar", - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Osiyo chempionlar ligasida o‘zbek klublariga omad tiladi