Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati chempionatida “Botafogo” va “Vasko da Gama” uchrashuvi “Botafogo” o‘yinchisi Joau Pauluning jiddiy jarohat olishi bilan kechdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Pauluning raqib jamoa futbolchisi Rildo bilan kurash vaqtida oyog‘ining ikki joyi sindi. Rildo bu qo‘polligi uchun faqat sariq kartochka bilan jazolandi. Raqibi esa maydonni zambillarda tark etib, shifoxonaga jo‘natildi.
Rio-de-Janeyro sudida Rildoga berilgan jazo yetarlichamas deb topilib, unga misli ko‘rilmagan jazo tayinlandi: futbolchiga Paulu tuzalib ketmaguncha yoki maksimal muddat – 180 kunga maydonga tushish taqiqlandi. Shifokorlarning taxminicha, Paulu mashg‘ulotlarga yarim yildan keyingina qayta olishi mumkin.
Rildo o‘ziga chiqarilgan jazoni shifoxonaga Pauluni ko‘rgani borgani haqidagi vajlar bilan yumshatmoqchi bo‘lgan, biroq bu sudyalarga ta’sir ko‘rsatmagan. Ular futbolchiga 2015 yilda ham raqib jamoa darvozaboni boshini yorganini eslatib qo‘yishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi