09:28 / 15.06.2018
3 601

Nega Fransiya Jahon Chempionatining eng dahshatli termasi?

Nega Fransiya Jahon Chempionatining eng dahshatli termasi?
Rossiyada boshlanadigan navbatdagi Jahon Chempionatida Fransiya terma jamoasi qog‘ozda eng kuchli terma deya qaralmoqda. O‘z safida eng, eng, englarni yig‘a olgan Fransiya tarkibi haqiqatdan eng xavfli terma jamoami? Quyida shu haqida mulohaza yuritamiz.

Himoya chizig‘idan tashqari har qanday pozitsiyada Fransiya jahonning eng yaxshi ikki-uch futbolchisini to‘plagan. Ugo Loris va Alfons Areolalar kabi Chempionlar Ligasi saviyasidagi darvozabonlar asosiy tarkib uchun kurash olib boradi. Boshqacha aytganda Fransiyaning 23 kishilik tarkibidan top saviyalagi ikki jamoani shakllantirsa bo‘ladi.

Fransiyaning raqiblarini vahimaga soluvchi asosiy tarkibi quyidagicha:

Loris; Sidibe, Varan, Umtiti, Mendi; Kante, Pogba; Mbappe, Grizmann, Lemar; Jiru

Pol Pogba va Jibril Sidibelarning so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ko‘rsatgan o‘yinlari sabab ular asosiy tarkibdan tushib qolishi ehtimoli ham yo‘q emas. Olive Jiruga ham tegishli.

Zaxira tarkib: Loris, Pavar – Varan – Umtiti; Sidibe – Kante – Pogba – Mendi, Dembele – Grizmann – Mbappe

Yetishib chiqayotgan yulduzlar orasida Benjamin Pavar himoyani ajoyib tarzda mustahkamlovchi qobiliyatini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Deshamda 3 kishilik himoyachi bilan o‘ynash fikri tug‘ilib qolsa aynan Pavar bunday vazifaga juda mos keladi. O‘tgan mavsumda 135 million yevro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Usmon Dembeleda esa asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati tug‘ilishi mumkin.

Uchinchi tarkib: Areolya – Pavar, Rami, Kimpembe – Lukas, Nzonzi, Tolisso – Matyuidi, Toven – Fekir – Dembele.

Jahon Chempionatida Dide Deshamdan asosiy tarkibda kimlarni o‘ynatishini aytishini kutish qiyin masala. Fransuzlar guruhdagi so‘nggi uchrashuvni Daniyaga qarshi o‘tkazadi. Ungacha esa Fransiyadan turli xil variantlarni ko‘rsak ajab emas. Bu esa terma jamoaning tarkibi naqadar keng ekanligidan dalolat beradi. Dembele bilan bir qatorda Fekir va Tovenlarning ham imkoniyatlarini past baholash yaramaydi. Ular 1 Ligada birgalikda 40 gol va 19 golli uzatmani amalga oshirishdi.

Kuchli tomonlari

Hujumdagi tezlik va mahorat


Kilian Mbappe va Usmon Dembele timsolida Fransiya Yevropaning eng yosh ikki dribling ustalariga ega. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularning dunyo futbolidagi hukmronligiga nuqta qo‘yishga qodir iqtidor egasi sifatida bir necha yillardan beri Antuan Grizmann tilga olinib kelmoqda.

Ojiz nuqtalari

Bosh murabbiyning futbolchi tanlashdagi xatosi

Yaqinda Fransiya termasi uchun gol urish bo‘yicha 4-o‘rindagi Zinedin Zidanga yetib olgan Olive Jiru AQShga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida zaxirada qoldirildi. Ehtirosga beriluvchan bunday bosh murabbiy bilan har doim to‘g‘ri tanlov qabul qilinishini kutib bo‘lmaydi.
Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nega Fransiya Jahon Chempionatining eng dahshatli termasi?