19:26 / 16.06.2018
3 332

Portugaliya – Ispaniya o‘yini g‘olib va mag‘lublari kim?

Portugaliya – Ispaniya o‘yini g‘olib va mag‘lublari kim?
Ispaniya va Portugaliya o‘rtasida kechgan 1-tur uchrashuvi ancha murosasiz bo‘ldi va o‘yin jangovar 3-3 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi. Bu uchrashuv ikki terma jamoa o‘rtasida Mundiallardagi 4-o‘yin bo‘ldi. Garchi o‘yin durang bilan o‘z yakuniga yetgan bo‘lsada, uchrashuvning ba’zi g‘olib va mag‘lublari bor. Quyida shu haqida muhokama qilamiz.

G‘olib: Krishtianu Ronaldu

Ronaldu Jahon Chempionatlaridagi 12 golidan 3 tasini kecha bo‘lib o‘tgan bahsda kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘yinlarda portugaliyalik yulduz 77 bora raqib darvozasi tomon zarba bergan.

Uning Ispaniyaga urgan birinchi goli penaltidan bo‘lishiga qaramay, uning Mundiallardagi ishtiroki yuqori sifatda davom etayotganini ko‘rsatib berdi. U bu gollari bilan 4 Jahon Chempionatida gol urgan 4-futbolchiga aylandi. Shuningdek, u yirik xalqaro musobaqalarda qatorasiga 8-o‘yinda gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. Ko‘pchilik ispanlar o‘yinni osonlikcha yutadi deb turgan bir pallada u jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mag‘lub: David De Xea

Loris Kariusning Chempionlar Ligasi finalidagi “xurmacha qiliqlari”ni hali-beri birorta darvozabon qaytara olmaydi deb turganda, De Xea sal qolsa navbatdagi anti-qahramonga aylanardi. Birinchi bo‘limda Ronalduning yo‘llagan zarbasini De Xea qaytarishga ojiz qoldi. Bu huddi mashg‘ulotlardagidek bo‘ldi. O‘yindan oldin qizib olish uchun darvozabonlar o‘zini u yoqqa bu yoqqa qarab otishadi. De Xea ham shu ishni bajarish uchun otilgan bir paytda to‘p yerlab darvoza to‘riga borib tushdi. Albatta, “Manchester Yunayted” posboni eng yaxshilardan biri. Biroq bunday o‘yin zaxirada o‘tirganlarning foydasiga ishlashi aniq.

G‘olib: Diyego Kosta

Ushbu hujumchi uzoq vaqt Ispaniya termasida o‘ynay olmaydigandek taassurot uyg‘otardi. Uni jamoaga kiritishning mantiqiy asosi bor edi. Kosta texnikaga asoslangan ispanlarning hujumiga tajovuzkorlik bag‘ishlashi kerak. Ammo bu holat oldinlari hecham ish bermasdi va Kosta qiyinchilikka duch kelardi. Biroq kecha oqshom “Atletiko” vakili o‘zini juda qulay his qildi. Kosta ikki marta jamoasi foydasiga muvozanatni tiklab berdi.

Mag‘lub: video-takror tizimi (VAR)

Ispaniya termasi tarkibida eng bahsli holat bu Nachoning asosiy tarkibda harakat qilgani bo‘ldi. O‘ng qanot himoyasini Alvaro Odriosola yoki yanada yaxshi variant Sezar Aspilikueta maydonga tushirilishi kutilgan edi.

Nacho Ronalduning “Real”dagi jamoadoshi hisoblanadi, ammo bu holat Jahon Chempionatida unutiladi. Krishtianu esa Nachoni “besh qo‘l”day biladi. Bu esa Ronalduga juda qo‘l keldi.

Nacho klubdoshini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Video-takror tizimi esa bu vaziyatda penalti bo‘lganini ko‘rsatdi. Aniq xato, ammo tizim haq shunday emasmi? Bu xato. Bu vaziyatda aniq va toza penalti yo‘q edi. Rossiyada qo‘llanila boshlagan yangi texnologiya uchun bu ijobiy bo‘lmadi. Qolgan o‘yinlarda umid qilamizki, “VAR” o‘zini kerakli ekanligini hali isbotlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliya – Ispaniya o‘yini g‘olib va mag‘lublari kim?