09:28 / 13.07.2018
3 428

O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi

O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi
Foto: MOQ

Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi taqvimiga kiruvchi 46-xalqaro “Interamnia” jahon kubogi musobaqasi yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Turli yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada jahonning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi. Unda yurtimiz sharafini ROZK(O‘zbekiston U-18 terma jamoasi) himoya qildi. Hamyurtlarimiz ishtirok etgan yosh toifasida 14 ta jamoa qatnashdi.

Murabbiylar Ulug‘bek Ikromov va Zafar Azimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruh bosqichida “Lanester” (Fransiya), “Grunvald” (Polsha), “Virum Sorgenfri” (Daniya), “Mountada” (Marokash), “Kozanis” (Gretsiya) kabi jamoalarga qarshi kurash olib borishdi. Vakillarimiz ilk o‘yinda fransuzlarni 18:8 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi o‘yinda polshaliklar ustidan 23:16 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchinchi bahsda esa yunonlar 26:8 hisobida taslim etildi. Marokashliklardan ham 21:14 hisobida ustun kelishdi. Keyinchalik daniyalik yoshlarga kechgan bahsda ham 15:13 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Gandbolchilarimizga musobaqa yarim finalida yana o‘sha “Virum Sorgenfri” klubi raqib bo‘ldi va yoshlarimiz bu safar ham raqibni taslim etishni uddalashdi. Hisob 15:8. Hal qiluvchi bahsni hamyurtlarimiz Shveysariyaning “Shenois Jeneva” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 18:9 hisobida g‘alaba qozondilar. Shu tariqa hamyurtlarimiz musobaqa davomida o‘tkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga sazovor bo‘ldilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik yosh gandbolchilar jahon kubogi g‘olibiga aylandi