Superliganing 19-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – AGMK uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
«Bugun omad ko‘proq “AGMK” jamoasiga kulib boqdi. Birinchi bo‘limda ko‘proq vaziyatlar yarata oldik, agar bu vaziyatlarni golga aylantira olganimizda natija boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin edi. Mag‘lubiyatni tan olishimiz kerak. Aslida, omad ham kuchlilarga kulib boqadi. Bugun aksiga olib tajribali o‘yinchilarimiz qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Bunday xatolarni raqib kechirmaydi, albatta. Agar raqibimizning bugungi kiritgan gollariga e’tibor qaratsak, ular oson gollar urishdi. Menimcha, raqib o‘yinchilari bunday xatolarimizni kutmagan ham bo‘lishsa kerak.
Ikkinchi bo‘limdagi gollardan so‘ng, maydonga tushgan yosh o‘yinchilarimizning ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xullas, bugun o‘z xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik. So‘zimni oxirida, har qanday holatda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turgan sodiq muxlislarimizga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Rahmat sizlarga!», - dedi mutaxassis.
Manba: www.pfl.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"