13:45 / 08.08.2018
3 243

Asli o‘zbekistonlik Timur Gareyev AQShda shaxmat bo‘yicha ochiq chempionat g‘olibi bo‘ldi

Asli o‘zbekistonlik Timur Gareyev AQShda shaxmat bo‘yicha ochiq chempionat g‘olibi bo‘ldi
28 iyuldan 5 avgustga qadar Medison (Viskonsin shtati)da o‘tgan AQShning shaxmat bo‘yicha ochiq chempionatida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Timur Gareyev g‘alaba qozondi. Bu haqida AQSh Shaxmat federatsiyasi ma’lum qildi.

To‘qqiz raund yakunlariga ko‘ra, Gareyev faqat birgina mag‘lubiyat qayd etib, 8 ochkoni qo‘lga kiritgan. Uning besh nafar raqibi esa 7,5 ochkodan to‘plashgan.

Timur Gareyev Toshkentda tug‘ilgan, ko‘plab xalqaro turnirlarda g‘alaba qozongan va ikki shaxmat olimpiadasi (2004 va 2006 yillar.)da O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Keyinchalik sportchi AQShga ko‘chib o‘tgan.

2016 yilda Gareyev bir vaqtning o‘zida 48 shaxmat taxtasida o‘ynab, ochkolarning 80 foizini qo‘lga kiritgan holda jahon rekordini qayd etgan (35 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyat). Undan avvalgi rekord bir vaqtning o‘zida 46 shaxmat taxtasida o‘yin o‘tkazgan Mark Langga tegishli bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asli o‘zbekistonlik Timur Gareyev AQShda shaxmat bo‘yicha ochiq chempionat g‘olibi bo‘ldi