10:52 / 15.09.2018
3 475

Shota Arveladze: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda oʻynash gunoh”

Shota Arveladze: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda oʻynash gunoh”
Superliganing 23-turi doirasidagi “Navbahor” - “Paxtakor” (3:3) uchrashuvidankeyingimatbuotanjumanidadastlabmehmonlar bosh murabbiyi Shota ARVЕLADZЕ ishtirok etdi.

Shota Arveladze: - “Birinchi navbatda ajoyib muhitda oʻynaganimiz maroq bagʻishlaganini yana bir bor taʼkidlab oʻtmoqchiman. Umid qilamanki, bir kun kelib ”Navbahor“ stadioni maydonini yaxshi holatga keltirishadi. Namangandagi maydon Oʻzbekistondagi eng yomon maydonlardan biri. Shunday ajoyib jamoa, fantastik muhit, super muxlislari bor jamoa bunday maydonda oʻynashi gunoh. ”Navbahor“ yaxshi va chiroyli futbol oʻynashni istasa, unda avvalo maydonni toʻgʻrilashi kerak”.

Oʻyinga keladigan boʻlsak, raqib ham, biz ham oʻz xatolarimiz evaziga gol oʻtkazdik. Ikki bor hisobda oldinga chiqib turib, gʻalabani boy berganimizdan afsusdaman.

Maydon holati haqida ilk bor bu yerda gapirib turibman. Avval yutqazganimiz bois bahona boʻlib qolmasligi uchun ham bu haqda ogʻzimni ochmagandim. Oʻtgan safar bu maydonda nimalar topganimiz haqida hozir gapirmoqchi emasman. Men hech kimni ayblamoqchi yoki kimnidir barmogʻim bilan koʻrsatmoqchi emasman. Shunchaki bu maydon bizga, “Navbahor”ga futbol oʻynash uchun halaqit bermoqda. Oʻzbekistondagi eng zoʻr muxlislar, eng yaxshi muhit Namanganda. Ammo maydon juda achinarli holatda. Agarda gapim kimgadir tegib ketgan boʻlsa yoki kimnidir xafa qilgan boʻlsam uzr. Ammo bor haqiqatni aytyapman. Masalan, Turgʻunboyev yaxshi sifatdagi maydonda yomon oʻynaydimi? “Navbahor”ni oʻyini kuchayishi, umuman oʻzbek futboli rivojlanishi uchun avvalo, maydonlarni yaxshilash kerak. Futbolni maydonda oʻynaladi.

Natijadan qoniqdimmi? Oʻylashimcha, biz 1 ochkoni qoʻlga kiritmadik, aksincha 2 ochko yoʻqotdik. Hisob 0:0 boʻlib turgan payti ham ikkita vaziyatni koʻkka sovurdik. Umuman olganda bugun magʻlubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Chunki biz juda qaltis payt gol oʻtkazib yubordik. Ammo tanaffusdan soʻng tezkor gol urib oʻyinga qaytishga erishdik. Bugun ajoyib futbol muhitini koʻrdik. Oltita gol, super ishqibozlar, hamma bizga qarshi va mahalliy ishqibozlar oʻz suyuklilarini oldinga chorlashdi. Qisqa qilib aytganda, bunday ajoyib muhitdagi futbolni faqatgina maydon holati buzib turibdi. Oddiy elementar pasni berishni imkoni yoʻq.

Tanaffusda men yigitlarga yarim himoyadagi muammolarni aytdim. Ularni raqib jarima maydonchasi oldiga yaqinroq joylashib oʻynashlari kerakligini taʼkidladim. Oldinda yana 45 daqiqa borligi va birgina gol ustunlikni bizga qaytarishini aytgandim. Vaziyatlar yuzaga kelmoqda, aynan oʻsha imkoniyatlardan foydalanish kerakligini taʼkidladim. Men jamoani koʻp ham ayblamayman. Chunki bunday maydonda biz oʻz futbolimizni koʻrsatishga qiynalamiz.

Qisqa qilib aytganda, mavsumni yana qaytadan boshladik. Keskin kurash hali oldinda.

Penalti? Negadir hech kim bizni urgan golimizni ofsayd tufayli hisobga olishmagani haqida soʻramayapsizlar. Mayli, bu haqida gapirmayman. Penalti borasida shuni aytishim mumkinki, men hali takroriy lavhani koʻrganim yoʻq. Menimcha, futbolchini reaksiyasidan u toʻpni qoʻli bilan oʻynagandek tuyuldi.

Farruh Sayfiyev: “Bizni juda qiyin bahs kutib turganini bilardik. Murabbiyimiz bergan koʻrsatmalarni imkon qadar bajardik, deb oʻylayman. Superligadagi kuchli-oltitalikda oson oʻyinning oʻzi yoʻq. Tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardik”.

Yon hakam bilan koʻp bahslashdim? Toʻp chiziqdan chiqmagani uchun unga eʼtiroz bildirdim. Bor gap shu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Namangandagi fantastik muhit uchun bu kabi maydonda oʻynash gunoh”