11:13 / 30.09.2018
4 140

Samyuel EtoʼO: “Bunyodkorning taklifi boshimni aylantirib qoʻygandi”

Samyuel EtoʼO: “Bunyodkorning taklifi boshimni aylantirib qoʻygandi”
Eurosport nashri Kamerun terma jamoasi va Barselona klubi sobiq futbolchisi Samyuel EtoʼO haqida maqola chop etdi va unda futbolchining oʻz vaqtida Toshkentning Bunyodkor klubida oʻynashi mumkin boʻlganiga ham toʻxtaldi.

“Men master-klass oʻtash uchun Toshkentga borgandim. Ular jamoada 2-3 oy oʻynab berishim uchun 25 mln dollar taklif qilishdi. Bu taklifdan boshim aylanib qolgandi.

Barselonadagilar oʻzimdan soʻramasdan turib, mana shunday gap-soʻzlarni tarqatishganidan xafa boʻlgandim. Ular meni Oʻzbekiston klubiga sotib yuborishmoqchi edi. Men esa qolishimni va bu ishlari uchun uzr soʻrashlarini talab qildim”, deya gapirib oʻtgan EtoʼO TF1 telekanaliga bergan intervyusida.

Maʼlumot uchun, Samyuel EtoʼO faoliyati davomida Barselonadan tashqari, Real Madrid, Malorka, Inter, Chelsi, Anji kabi bir qator jamoalar safida toʻp surgan. Barselona bilan 3 marta (2005, 2006, 2009) Ispaniya chempioni, 2 karra Yevropa chempionlar ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Inter bilan bir marta Italiya chempioni (2010) va bir marta (2010) YECHL gʻolibi boʻlgan. Terma jamoa tarkibida 2000 yilda Olimpiada chempioni, 2000 va 2002 yillarda Afrika millatlar kubogi bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samyuel EtoʼO: “Bunyodkorning taklifi boshimni aylantirib qoʻygandi”