01:01 / 31.10.2018
2 997

Joze Mourinoga jamoani kuchaytirish uchun 100 mln yevro ajratiladi

Joze Mourinoga jamoani kuchaytirish uchun 100 mln yevro ajratiladi
Angliyaning Manchester Yunayted klubi rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoning jamoani kuchaytirishi uchun qishki transfer oynasi vaqtida 100 mln funt ajratadi. Bu haqda "Turon24" nashri xabar bermoqda.

Manbada xabar qilinishicha, MYu bu pullar evaziga markaziy himoya va hujum chiziqlarini kuchaytirmoqchi. Jamoa yozgi transfer mavsumida o‘zi uchun kerakli futbolchilarni qo‘lga kirita olmadi. O‘tgan haftada Napoli himoyachisi Kalidu Kulibalining Manchesterga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlar e’lon qilingandi.

Manchester Yunayted Angliya Premer ligasining 10-turidan so‘ng turnir jadvalida 8-o‘rinni band etib turibdi. Portugaliyalik mutaxassisning o‘z vazifasidan ozod etilishi bilan bog‘liq xabarlarga qaramasdan, Gleyzerlar oilasi unga ishonishda davom etadigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinoga jamoani kuchaytirish uchun 100 mln yevro ajratiladi