22:30 / 07.11.2018
5 637

U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi (foto)

U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi (foto)
Xabaringiz bor, kelasi yilning mart oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Ushbu saralashda g‘olib chiqqan jamoa 2020 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Tailanddagi Osiyo chempionatida 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar Tokio-2020 olimpiadasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugun Osiyo chempionati saralashiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "F" guruhida Hindiston, Tojikiston va Pokiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Saralash bahslari kelasi yilning 22-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra saralash bahslari Sharq va G‘arb mintaqasiga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Har ikki mintaqadagi guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 11ta terma jamoalar Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Ularga o‘z guruhlarida eng yaxshi natija qayd etgan 4ta ikkinchi o‘rin sohiblari hamda mezbon sifatida Tailand ham qo‘shiladi.

Osiyo chempionatida eng kuchli 16ta terma jamoa ishtirok etadi.


Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur’a tashlandi (foto)