00:53 / 13.11.2018
4 374

O‘zbekiston ayollar termasi boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi

O‘zbekiston ayollar termasi boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi
15-24 noyabr kunlari Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston terma jamoasining Hindistonga yo‘l oluvchi tarkibi quyidagicha:

-48 kg – G.Sultonaliyeva;
-51 kg – A.Yakubova;
-54 kg – T.Rahimova;
-57 kg – Yo.Mirzayeva;
-60 kg – R.Qodirova;
-64 kg – M.Meyliyeva;
-69 kg – Sh.Yunusova;
-75 kg – E.Meyliyeva;
+81 kg – G.Ismatova.

Bosh murabbiy – L.Qo‘chqorov;
Katta murabbiy – K.Mutalov;
Murabbiy – B.Nurdinov.

"IG Indoor Stadium" arenasida o‘tkaziladigan musobaqada jahonning 60 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod bokschi qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ayollar termasi boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi