23:30 / 22.11.2018
3 689

Qatar JCh-2022ning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin

Qatar JCh-2022ning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin
FIFA prezidenti Janni Infantinoning so‘zlariga ko‘ra agar JCh-2022da ishtirokchilar soni 48taga yetkaziladigan bo‘lsa, ayrim o‘yinlar Qatar mamlakatidan tashqarida ham o‘tkazilishi mumkin.

“Qatarda 8 ta stadion mavjud va ular 32 ta terma jamoa ishtirokidagi jahon chempionatiga moslab tayyorgarlik ko‘rishmoqda. O‘sha 8 ta stadionda 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan turnirni tashkillashtirish oson emasligini anglash uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas.

Shu bois biz ayrim o‘yinlarni Qatardan tashqarida o‘tkazish masalasida izlanishimiz kerak. Bu bizga qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, albatta.

Ishtirokchilar sonini oshirish masalasi esa do‘stona va ochiq muhitda muhokama qilinadi. Agar bu ish amalga oshsa, quvongan bo‘lardim”, - deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar JCh-2022ning yagona mezboni bo‘lmasligi mumkin