Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Xitoy va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli o‘tgan bahsda xitoyliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrshauvni kutilmaganda qirg‘izistonliklar faol boshlashdi va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Xitoyliklar himoyada yaxshi o‘ynagan bo‘lsalarda tanaffusgacha hujumda hech narsa qila olishmadi.
42-daqiqada qirg‘izlar o‘z imkoniyatlarini golga aylantirishdi, Axliddin Isroilov jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, jamoasini oldina olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limni Xitoy ancha hujumkor ruhda boshladi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 50-daqiqada Pavel Matyash himoyachilardan kelgan to‘pni qaytarishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
78-daqiqada AGMK sobiq posbonining navbatdagi xatosi xitoyliklarning ikkinchi goliga olib keldi: Yuy Dabao posbonni aldab o‘tgan holda bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Qirg‘iziston sensatsialar seriyasini davom ettira olmadi va Xitoy uch ochko bilan guruh peshqadamligini o‘z qo‘liga oldi.
Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
S guruhi
Xitoy – Qirg‘iziston 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 42 Israilov, 1:1 – 50, avtogol Matyash, 2:1 – 78 Yuy Dabao.
Xitoy – Yan Szyunlin, Chan Linpen, Lyu Yan, Shi Ke (Xao Szyunmin, 46), U Si, Chi Chungo, Chan Chendun, U Ley, Szin Szindao (Yuy Dabao, 24), Fen Syaotin, Gao Lin.
Qirg‘iziston – Pavel Matyash, Valeriy Kichin, Tamirlan Kozubayev, Daniel Tago, Axlidin Isroilov (Anton Zemlyanuxin, 61), Edgar Bernxardt (Aziz Sidiqov, 82), Kayrat Jirgalbek-uulu, Bekjan Sag‘inbayev, Farxat Musabekov, Vitaliy Lyuks, Mirlan Murzayev.
Ogohlantirish: Jirgalbek-uulu (57).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?