14:57 / 19.01.2019
3 581

Ravshan Ermatov brigadasiga navbatdagi o‘yinni boshqarish topshirildi

Ravshan Ermatov brigadasiga navbatdagi o‘yinni boshqarish topshirildi
20 yanvardan Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
Guruhdoshimiz Yaponiya terma jamoasi esa nimchorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Darvoza ortida Valentin Kovalenko va bahraynlik Navof Shukrullo ishlaydi.
Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 21 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov brigadasiga navbatdagi o‘yinni boshqarish topshirildi