Osiyo kubogi-2019 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahs oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Avstraliyaga qarshi o‘yin juda muhim ekanini his qilib turibmiz. Xato qilishga haqqimiz yo‘q. Maydonga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Avstraliya kuchli jamoa, Osiyoning grandi. O‘tgan 3 kun vaqt davomida xatolarimizni ko‘rib chiqdik, kamchiliklar ustida ishladik. Ertaga faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.
Barcha jamoalarning o‘z o‘yin uslubi bor. Biz ham o‘z o‘yin uslubimizga ega bo‘lishga harakat qilyapmiz. O‘yin falsafasi degan so‘zni ishlatishni istamagan bo‘lardik. Bu umumiy tushuncha. Albatta, biz Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Birinchi navbatda, ehtiyotkorlikka ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga o‘z uslubimizni namoyish qilishga ham intilamiz. Butunlay o‘z uslubimizdan voz kechish niyatimiz yo‘q. Bu noto‘g‘ri bo‘lardi.
Biz Osiyo Kubogiga musobaqani yutish uchun kelganmiz. Faqat ayrim jamoalarni emas. To‘g‘ri, Yaponiyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo biz musobaqadagi ishtirokimizni davom ettiryapmiz. Barcha futbolchilarning e’tibori Avstraliyaga qarshi o‘yinga qaratilgan. Bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishga tayyormiz.
Avstraliya bilan bir mehmonxonada yashayotganimizda hech qanaqa muammo ko‘rmayapman. Biz bir-birimiz bilan do‘stona muloqotdamiz. Bir birimizga hurmat saqlaymiz. Mehmonxonada hech qanday ziddiyatlar yuzaga kelmayapti, kelmaydi ham. Biz barchamiz professionallarmiz. Maydonda raqibmiz, maydon tashqarisida do‘stmiz.
Avstraliyani nimalar evaziga mag‘lubiyatga uchratishimiz mumkin? Bu haqida hozir bu yerda gapirishning o‘rni emas. Biz raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Bizda aniq reja bor. Biz shu rejaga amal qilishga intilamiz", - dedi argentinalik mutaxassis.
Manba: O‘FA “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi