18:56 / 17.02.2019
4 238

«Real» Madridda «Jirona»ga yutqazib qo‘ydi (video)

«Real» Madridda «Jirona»ga yutqazib qo‘ydi (video)
Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Real» Madrid – «Jirona» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Santyago Bernadeu»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuv kutilganidek madridliklarning ustunligida boshlandi va bu 25-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Toni Kroos tomonidan jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Kazemiro boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi. Tanaffusgacha maydon egalarida yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq mezbonlar ulardan foydalana olmadilar.
Ikkinchi bo‘lim ssenariysi teskari bo‘ldi, taym Madrid jamoasining faolligida boshlangan bo‘lsada, vaqt o‘tgan sayin mehmonlarning hujumlari xavfli tus ola boshladi.
65-daqiqada Serxio Ramos darvoza tomon yo‘naltirilgan zarbani qo‘li bilan qaytarib qoldi, natijada belgilangan penaltini Kristian Stuani aniq bajardi va muvozanatni tikladi.
Oradan o‘n daqiqa o‘tib «Jirona» futbolchilari ikkinchi golni urishdi, Alvaro Odriosolaning xatosidan so‘ng madridliklar maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi. Natijada yuzaga kelgan qarshi hujumni Kristian Portu muvaffaqiyatli yakunladi.
Bu yetmaganidek o‘yin yakunlanishi arafasida Ramos ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa, katalonlar «Real»ning Primeradagi ketma-ket besh o‘yinlik g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yishdi va o‘zlarining 11 o‘yindan iborat g‘alabsiz seriyalarini ham tugatishdi.
«Real» 45 ochko bilan uchinchi o‘ringa tushib ketdi, «Jirona» (27) 15-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

La Liga, 24-tur
Real Madrid – Jirona 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar:
1:0 – 25 Kazemiro, 1:1 – 65, penalti Stuani, 1:2 – 75 Portu.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalos (Dias, 74), Kazemiro, Vaskes (Vinisius Junior, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema.
Jirona – Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Fernandes, 84), Pons (Aleish Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.
Ogohlantirishlar: Losano (48), Ramos (64), Alkala (86), Kazemiro (88).
Chetlatish: Ramos (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Madridda «Jirona»ga yutqazib qo‘ydi (video)