21:30 / 26.02.2019
4 150

Ashurmatov: "Surxon" va "Dinamo"ning Superligaga chiqqani "Buxoro"ning rejalarini buzib qo‘ydi"

Ashurmatov: "Surxon" va "Dinamo"ning Superligaga chiqqani "Buxoro"ning rejalarini buzib qo‘ydi"
"Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan kechagi Superliganing yangi mavsumiga tashlangan qur’a tashlash marosimidan so‘ng ba’zi savollarga javob oldik.
Quyida "Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

"Gapni ochig‘ini aytish kerak, chempionat startiga juda oz vaqt qoldi. Lekin seleksiya jarayonidan to‘liq qoniqish xosil qilganimiz yo‘q. Agarda biz qisqa muddat ichida tarkibimizni yaxshi ijrochilar bilan to‘ldirmasak, unda juda qiyin bo‘lishi aniq. Afsuski o‘zimiz istagan futbolchilarni "Buxoro"ga jalb etolmadik. O‘ylaymanki, chempionatgacha seleksiya ishlarini davom ettiramiz va tarkibni kuchaytira oladigan futbolchilarni olishga muvaffaq bo‘lamiz degan umiddaman", - deya gap boshladi Baxtiyor Ashurmatov.

- Barcha masala eng so‘nggi pallada ma’lum bo‘lmoqda. Format, chempionat, qur’a, jamoalar soni va hokazo. Mazkur masalalar esa murabbiylarga tarkibni aniqlashda, chempionatga taraddud ko‘rishga ham noqulayliklar va muammolar tug‘dirmoqda. Qat’iy bir tizim, qat’iy bir format yo‘q chempionat. Uchinchi mavsum va har doim o‘zgaruvchan format. Bunga murabbiy sifatida munosabatingiz qanday?
- Gapni ochig‘i, bungacha har xil gap-so‘zlar yurgandi. Lekin yangi mavsumda 12ta jamoa ishtirok etsa kerak deb o‘ylagandim. Shuni aytishim mumkinki, agarda "Surxon" va "Dinamo" Superligada qatnashmasa, men ulardan ba’zi futbolchilarni olishni mo‘ljallab turgandim. Shu taraflama meni mazkur rejalarim amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Endi boshqa resurslar izlashga to‘g‘ri keladi. Hozirda o‘zbek futbolida futbolchilarga bo‘lgan talab oshganmi yoki ular defitsit bo‘lganmi, jamoaga ijrochi topish, tarkibni kuchaytiradigan futbolchi izlash muammoga aylangan. Buni tan olish lozim. Buxorolik muxlislar ham jamoamizdan transferlar kutishmoqda, lekin biz qo‘limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Ammo oson bo‘lmayapti. Vaziyatdan kelib chiqib, ayni paytda jamoaga imkon darajasida legioner jalb etishga majburmiz. Aynan legionerlar hisobiga jamoani kuchaytirishga intilamiz. Chunki boshqa yo‘l ko‘rinmayapti.

- Klub rahbariyati jamoa oldiga aniq vazifa qo‘yganmi?
- Gapni ochig‘i rahbariyat bilan endi ko‘rishamiz. Chempionat avvalida rahbariyat uchrashuv bo‘ladi. Biz jamoa tarkibini shakllantirib olgach, o‘ylaymanki klub rahbariyati "Buxoro" oldiga vazifa qo‘yadi. Mavsum davomida esa klub rahbariyati belgilaydigan vazifani bajarishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ashurmatov: "Surxon" va "Dinamo"ning Superligaga chiqqani "Buxoro"ning rejalarini buzib qo‘ydi"