09:30 / 24.03.2019
2 794

Elnur Abduraimov professional boksda navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Elnur Abduraimov professional boksda navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Hamyurtimiz Elnur Abduraimov bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil qilingan boks kechasida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz 6 raundga moʻljallangan jangda harakat qildi. Mezbon muxlislarning qoʻllab-quvvatlashiga qaramasdan oʻzining faol harakati ajralib turgan Elnur yakunda gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi.

Taʼkidlash joiz, bu Abduraimovning professional boksdagi toʻrtinchi jangi edi va bu gal ham ringda qoʻli baland keldi.

Manba: www.olympic.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimov professional boksda navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi