21:53 / 21.04.2019
2 386

"Liverpul" navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib birinchi o‘ringa qaytdi (video)

"Liverpul" navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib birinchi o‘ringa qaytdi (video)
Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan "Kardiff" – "Liverpul" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Kardiff Siti Stedium”da kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

O‘yin mersisaydlarning ustunligida o‘tgan bo‘lsada hisob 57-daqiqaga kelib ochildi, Jordino Veynaldum burchakdan uzatib berilgan tupga to‘xtatmasdan zarba berib darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin yakunlanishi arafasida mezbon himoyachilari Muhammad Salohni jarima maydoni ichida qo‘pollik bilan to‘xtatishdi. Belgilangan penaltini Jeyms Milner aniq bajarib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, “Liverpul” ochkolarini 88taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi va bitta zaxira o‘yini bor “Man Siti”ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kardiff – Liverpul 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar:
0:1 – 57 Veynaldum, 0:2 – 81, penalti Milner.
Kardiff – Eteridj, Manga, Bennett, Pelter, Morrison, Gunnarsson, Kamarasa, Mendes-Leyng, Rolls (Bakuna, 79), Xoylett (Merfi, 83), Nyasse (Zoxore, 67).
Liverpul – Alisson, Matip, Aleksander-Arnold (Gomes, 86), van Deyk, Robertson, Xenderson, Veynaldum, Keyta (Fabino, 71; Milner, 75), Mane, Salax, Firmino.
Ogohlantirishlar: Gunnarsson (80), Milner (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib birinchi o‘ringa qaytdi (video)