Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Dushanbe shahridagi Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi assotsiatsiyasining (Central Asian Football Association) yangi rahbari sifatida Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali saylandi.
U endilikda tashkilot rahbarligi lavozimida ishlab kelgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘rnida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, CAFA shtab-kvartirasi Toshkentdan shahridan Dushanbega ko‘chiriladi.
Qayd etilishicha, kengashda Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dastanbek Konokbayev tashkilot birinchi vitse-prezidenti etib, Turkmaniston Futbol federatsiyasi bosh kotibi Arslan Aynazarov esa CAFA ning vitse-prezidenti etib saylangan.
Ma’lumot uchun, 2014 yil 10 iyunda tashkil etilgan tashkilot Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini birlashtirib turadi. Ushbu tashkilotga Mirabror Usmonov va Umid Ahmadjonov kabi o‘zbekistonlik futbol rasmiylari ham rahbarlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi