00:25 / 11.06.2019
2 624

Misr OTJ bosh murabbiyi: "Bundan keyin ham O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz"

Misr OTJ bosh murabbiyi: "Bundan keyin ham O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz"
Xabaringiz bor kecha Andijonda O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Shavqiy G‘arib jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Dastlab uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- Biz bugungi uchrashuvdan juda xursandmiz. Ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun tayyorgarlik ham boshqacha ko‘rilgan. Stadionga to‘plangan minglab muxlislarning ajoyib muhitni yaratishganidan qoyil qoldim. Ayniqsa, ular nafaqat O‘zbekiston, balki Misr terma jamoasiga ham hurmat ko‘rsatishdi. Ularning bunday yuksak madaniyatini qadrlaymiz. O‘yindan keyin esa bizga tashkilotchilar ajoyib sovg‘alarni berishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ikkala taymlarda ham jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. To‘g‘ri, biz 2:0 hisobida yutqazdik. Ammo muxlislar chiroyli o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Biz bundan keyin ham O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz.

- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sizda qanday taassurot qoldirdi? O‘yingacha qanday fikrda edingiz va endi fikringiz o‘zgardimi?
- Bungacha ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi haqida iliq fikrda edim va hozir ham. Ayniqsa, bugungi uchrashuvda raqib jamoaning darvozaboni ajoyib o‘yin namoyish etdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga qoyil qoldim. Biz yaxshi bilamizki, bu jamoa Osiyo chempioni bo‘lgan. Shunday ekan, bunday jamoa haqida faqat iliq fikrlarni aytishim mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Misr OTJ bosh murabbiyi: "Bundan keyin ham O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz"