17:48 / 09.10.2019
3 270

Vadim Abramov: "Ertaga bizga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq"

Vadim Abramov: "Ertaga bizga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq"
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Yaman termasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun mazkur bellashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov va sardori Odil Ahmedovlar ishtirok etishdi.

"Barcha qanday vaziyatga tushib qolganligimizni bilib turibdi va vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Yaxishi, sifatli futbol ko‘rsatib muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

Raqib safida 10-raqamdagi futbolchi maydonga tusha olmas ekan. Saudiya Arabistoni va Singapurga qarshi bahslarda ular ikkitadan to‘p kiritishga erishganlar. Qarshi hujumlarga imkoniyat qoldirmasligimiz kerak.

OTJga qarshi bahs katta yordam berdi. Ammo ertangi bellashuv boshqa darajada. Ahmedov ertaga maydonga tushadimi? Buni uning o‘sha vaqtdagi holatiga qarab ish tutamiz. Unda kichik jarohat mavjud..

Bizning birinchi ishimiz g‘alaba qozonish, ertaga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq ", - dedi Abramov.

"Ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Oldimizga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun ertaga faqat g‘alaba qozonishimiz zarur. Futbolda nima bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmaydi. Termamizning mundialga chiqishini sizlardan ham ko‘proq men istayotgan bo‘lsam kerak", - dedi Ahmedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Ertaga bizga chiroyli o‘yindan ko‘ra natija muhimroq"