Rossiyalik bokschi, professional boksning yarim og‘ir (-79,4 kg) vazn toifasi WBO yo‘nalishi chempioni Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) o‘z kamarini himoya qila olmadi.
2 noyabr kuni Las-Vegasda u Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) kamarining o‘rta vazndagi amaldagi chempioni, meksikalik Saul Alvaresga (53-1-2, 36 KO) yutqazdi. Jang 11-raundda rossiyalik bokschining nokauti bilan yakunlandi.
36 yoshli Kovalyov uchun bu faoliyatidagi 39 jangdagi to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, u 34 jangda g‘alaba qozonib (29tasi — nokaut bilan), bir jangda durang natija qayd etgan. 29 yoshli Alvaresda 53 g‘alaba (36tasi — nokaut bilan), bir mag‘lubiyat va ikki durang bor. U professional ringdagi yagona mag‘lubiyatini 2013 yilda Floyd Meyvezerga qarshi jangda qabul qilgan - o‘shanda u 12 raundlik jang yakunida hakamlar ovoziga ko‘ra mag‘lub bo‘lib, WBC va The Ring kamarlaridan mahrum bo‘lgan, WBA kamari amerikalik bokschida qolgandi.
???????? Ковалев - Альварес ????????
— Бокс/ММА (@boxing_mma_se) November 3, 2019
Момент нокаута Ковалеваpic.twitter.com/D79trgWTKA
Sergey Kovalyov 2019 yil fevralida kolumbiyalik Eleyder Alvaresga qarshi revansh jangini o‘tkazib, Butunjahon boks tashkiloti (WBO) versiyasi bo‘yicha kamarini (-79,38 kg vazn toifasida) qaytarib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi