Foto: CzechFighters
Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangini AQShda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Murodov MMA’ning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFC’dagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga (15-9, 10 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang 7-dekbar kuni AQSh poytaxti Vashington shahridagi «Capital One» arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang UFC on ESPN 7 turniri doirasida tashkil etiladigan MMA kechasida bo‘lib o‘tadi.
Aslida Trevor Smit yarim og‘ir (-93 kg) vazn toifasi vakili Alonso Menfildga (9-0, 9 KO) qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo bu jang bekor qilingan va Menfild o‘rniga Mahmud Murodov Smitga raqiblik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, 38 yoshli Smit jiu-jitsu sporti ustasi sanaladi. U MMA’da o‘tkazgan 24 ta jangining faqat bittasida raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Yana 8 ta jangida usul yordamida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. UFC musobaqalarida 11 marta oktagonga ko‘tarilib, 5 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Mahmud Murodov UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Jangdagi natijalarga qarab bu muddat yana uzaytirilishi mumkin bo‘ladi. U mazkur nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi