O‘zbekiston - Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.
"O‘zbekistonni haqli g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Bizda yaxshi o‘yin ko‘rsatishga imkon bo‘lmadi. Yigitlar shunga qaramay harakat qilishdi. Bugungi bahs barcha uchun foydali bo‘ldi deb o‘ylayman.
Bugungi bahs navbatdagi uchrashuvlardan oldin menga ko‘plab ma’lumotlar berdi. Ular ustida ishlaymiz.
Vitaliy Lyuks borasida aniq bir narsa deya olmayman. Agar 3-daqiqada o‘zgarish qilingan bo‘lsa demak jiddiy. Umid qilamizki u Yaponiya va Tojikiston bilan bahsda maydonga tushadi.
So‘nggi yillarda futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabati o‘zgardi. Ancha professionallashdik deb o‘ylayman.
Shu o‘rinda bugun stadionga kelgan o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik muxlislarga rahmat aytaman. Barchasi yuqori saviyada tashkil etildi. Yana bir bor mehmondorchilik uchun rahmat", - deydi Krestinin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi