«Rostov» klubida moliyaviy muammolar yuzaga kelgan, klub qishki transfer oynasi vaqtida bir qator futbolchilarni sotuvga qo‘yishi mumkin, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri.
Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» jamoasi oktyabr va noyabr oylaridagi o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Klubdagi moliyaviy muammolarga barham berilmayapti. Klubning futbolchilar oldidagi oylik maoshlar va mukofot pullari bo‘yicha qarzdorlik holati 3 oyga yetgan. Bu ham jamoaning natijalariga salbiy ta’sir o‘tkazmay qo‘ymaydi.
«Klub rahbariyati moliyaviy muammolarni bartaraf etish uchun homiylar va Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning vaziyatga aralashuvini kutmoqda. Ushbu masala yaqin orada bartaraf etilmasa, klub Dmitriy Chistyakov, Matias Normann, Ivelin Popov, Roman Yeremenko, Aleksey Ionov va to‘purar Eldor Shomurodovni qishki transfer oynasida transferga qo‘yishi mumkin. Shuningdek, klub bosh murabbiyi Valeriy Karpin ham jamoani tark etishi mumkin» - deyiladi nashrdagi maqolada. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi