11:06 / 01.12.2019
2 656

Ro‘ziqul Berdiyev: “Dinamo”ning g‘alabasiga biz sababchi bo‘ldik"

Ro‘ziqul Berdiyev: “Dinamo”ning g‘alabasiga biz sababchi bo‘ldik"
Coca Cola superligasi so‘ngi 26-tur “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
- Bugungi o‘yin haqida nima deyish mumkin? Biz bugun muxlislarimizni xursand eta olmadik. Bu bellashuv nafaqat Samarqand jamoasi uchun balki biz uchun ham muhim edi. Mavsumni 5-o‘rinda yakunlashda bizda imkoniyat bor edi. Buni yigitlarga uqtirgan edim. Bugungi natija uchun yigitlarga alohida “rahmat” aytmoqchiman. Futbolchilarimdan bu darajadagi futbolni umuman kutmagan edim. Yechinish xonasida ham ular bilan jiddiy gaplashib oldik. Agar ular futbolda o‘smoqchi bo‘lishsa harakat qilishlari kerak. Bugun ko‘rsatgan o‘yinimiz mag‘lubiyatga loyiq edi. Bugun biz hujum chizig‘isiz o‘ynagandek bo‘ldik. Butun mavsum mobaynida bizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytmoqchiman.

- “Dinamo” jamoasi bugun tartibli o‘yin evaziga g‘alaba qozondi. Jamoaga Tachmurod Agamurodov kelgandan so‘ng “Dinamo” tartibli futbol namoyish eta boshladi. Ular tartibli harakat qilganlari uchun biz deyarli vaziyat yarata olmadik. Bugun ko‘proq samarqandliklarning g‘alabasiga biz sababchi bo‘ldik. Futbolchilarimiz bugun sust harakat qilishdi. Yosh jamoamiz g‘alaba qozonib mavsumni 5-o‘rinda tugatsa bu biz uchun ajoyib natija bo‘lardi. Biz bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik, buni o‘zimiz ham tushunib turibmiz.

- “Navbahor” jamoasidan futbolchilarimizga jiddiy takliflar bo‘ldi. Bundan tashqari “Paxtakor” jamoasidan ham qiziqishlar bor. Lekin bularni barchasini amalga oshish-oshmasligini vaqt ko‘rsatadi. Bu haqida rahbariyat bilan muhokama qilamiz. O‘ylaymanki, bu futbolchilarni klub osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Yosh futbolchilarimiz o‘sayapti, ularga takliflar bo‘lishi tabiiy.

- Yangi homiy haqida gap bo‘ldi (Enter-engineering). Bu ishlar amalga oshsa klubimiz jiddiy o‘zgarishlar qilishi kerak bo‘ladi. Bizga saviyali futbolchilar zarur bo‘ladi. Bu haqida rahbariyatga ham aytamiz. Chunki har bir o‘yinda mukammal harakat qilish uchun yaxshi tarkibga ega bo‘lish kerak. O‘zlaringiz guvohi bo‘ldinglar, yosh jamoa bilan mavsum davomida barqaror o‘ynamadik. Qaysidir bellashuvlarda yaxshi harakat qildik, qaysidirlarida esa aksincha. Mana bugungi bahsda ham futbolchilarning ruhiy tarafdan kuchsizligi tabloda o‘z natijasini aks ettirdi. O‘ylaymanki yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi. Jamoa oldiga katta maqsadlar qo‘yadi. Chunki bizning muxlislarimiz jamoa yuqori o‘rinlarga kurashib, xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga o‘rganishgan.

Manba: fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Dinamo”ning g‘alabasiga biz sababchi bo‘ldik"