07:03 / 06.01.2020
2 401

Vadim Abramov - Murtozayev, Xolmuhammedov va "Al Zavra" bilan o‘yin boshqa kunga ko‘chirilishi mumkinligi haqida

Vadim Abramov - Murtozayev, Xolmuhammedov va "Al Zavra" bilan o‘yin boshqa kunga ko‘chirilishi mumkinligi haqida
"Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa bugun ikkiga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"20 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagandik. Yangi yil bayramidan so‘ng mashg‘ulotlar davom ettirildi. Biz Osiyo chempionlar ligasi saralashida o‘ynaymiz, shu bois yanvar oyi boshidan ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazayapmiz. Nasib qilsa ertaga, 7 yanvar kuni BAAga uchib ketamiz. U yerda yanada jiddiyroq ishlaymiz. Olimpiya terma jamoasiga 5 nafar futbolchimiz ketgani bois tarkibimizda o‘zgarishlar ko‘p. Olimpiya terma jamoamizga omad tilaymiz, musobaqa oxirigacha Tailandda bo‘lishlarini xohlaymiz. Ular o‘z vazifalarini, biz esa bu yerda o‘z vazifamizni bajarishga harakat qilamiz.

Hozircha yangilar haqida nimadir deyish qiyin. Bu futbolchilarni juda yaxshi bilaman. Yig‘inlar davomida ular jamoamizga tezroq qo‘shilib ketishlarini kutamiz. Humoyun Murtozayevni terma jamoaga chaqirganimda shaxsan tanishgandim. Uni va Sardor Abduraimovni "Nasaf"dagi o‘yinlari orqali yaxshi bilamiz. Murod Xolmuhammedov tajribali himoyachi, terma jamoa yig‘inida u ham o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata olgandi. Kim kuchli bo‘lsa o‘sha maydonga tushadi.

Hozir tarkibimizdagi barcha futbolchilar bilan BAAga uchamiz. 21 yanvar kungi "Al Zavra" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Eshitishimga qaraganda o‘yinni 22 yanvarga ko‘chirishlari mumkin ekan. Buni uchrashuvga yaqin qolganida bilib olamiz", - deydi Vadim Abramov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov - Murtozayev, Xolmuhammedov va "Al Zavra" bilan o‘yin boshqa kunga ko‘chirilishi mumkinligi haqida