
"Humo" bosh murabbiyi Yevgeniy Popixin jamoasining "Zvezda" klubiga boy berilgan bahsi (0:3) haqida quyidagicha fikr bildirdi:
"Keraksiz chetlatishlar qayd etdik. Qatorasiga ikki o‘yinda intizom borasida muammoga uchrayapmiz. Hisob 1:0 bo‘lib turganida bellashuv taqdiri xatoga qadar davom etardi. Afsuski, uni biz amalga oshirdik. Ikkinchi shaybani o‘tkazib yuborgach, vaziyatni o‘nglash maqsadida oltinchi xokkeychini chiqardim, ammo qaytaga uchinchi shaybani o‘tkazib yubordik. Kamchilikda yomon o‘ynamadik, biroq hujumda ishimiz yurishmadi. Chunki, "Zvezda" himoyada yaxshi harakat qildi.
Toshkentdagi uchrashuvlarda bizda qulay imkoniyatlar bo‘lgan edi. Biz ikkita yaxshi bahs o‘tkazib, g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Moskvadagi dastlabki qarama-qarshilikda esa raqib total g‘alabaga erishgan edi. Bugun esa "Zvezda"da u qadar katta ustunlik bo‘lmadi", - dedi rossiyalik mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar