date

Abduqodir Husanov “Siti” bilan ikkinchi sovrin sari finalda

Xabaringiz bor, bugun Angliya Kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi ishtirok etayotgan “Manchester Siti” jamoasi “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.

Abduqodir Husanov joriy mavsum “shaharliklar” tarkibida asosiy o‘yinchilardan biriga aylanib, jamoaning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U klubga qo‘shilganidan buyon faqat bir marta sovrin qo‘lga kiritgan — “Siti” Angliya Liga kubogida “Arsenal”ni mag‘lub etib, chempionlikni nishonlagan edi.

Agar Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa finalda “Chelsi” ustidan g‘alaba qozonsa, Husanov faoliyatidagi ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, ushbu muhim final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov “Siti” bilan ikkinchi sovrin sari finalda