Tunis JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Tunis futbol federatsiyasi 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun milliy terma jamoa yakuniy tarkibini rasman e’lon qildi. Jamoa turli Yevropa va mahalliy klublarda o‘ynaydigan futbolchilardan shakllantirilgan.
Darvozabonlar sifatida Aymen Damen (“Sfaksen”), Sabri Ben Hassan (“Etual dyu Sahel”) va Abdelmuhib Shamax (“Klub Afriken”) qayd etilgan.
Himoya chizig‘ida Yan Valeri (“Yang Boyz”), Mutaz Neffati (“Norrchyoping”), Dilan Bronn (“Servett”), Rayed Chixaui (“Monastir”), Montassar Talbi (“Loryan”), Adem Arus (“Qosimpasha”), Omar Rekik (“Maribor”), Ali Abdi (“Nitssa”) hamda Muhammad Amin Hamida (“Esperans”) o‘rin olgan.
Yarimhimoyachilar orasida Elliyes Skiri (“Ayntraxt”), Anis Ben Slimane (“Norvich Siti”), Rani Hedira (“Union Berlin”), Mortada Ben Uannes (“Qosimpasha”), Ismael Garbi (“Augsburg”), Haj Mahmud (“Lugano”) va Gannibal Mejbri (“Byornli”) jamoa muvozanatini ta’minlaydi.
Hujum chizig‘ida esa Elias Saad (“Gannover”), Halil Ayari (“PSJ”), Elias Ashuri (“Kopengagen”), Sebastyan Tunekti (“Seltik”), Hazem Masturi (“Dinamo Maxachkala”), Firas Shauat (“Klub Afriken”) va Rayan Ellumi (“Vankuver Uaytkeps”) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026da Tunis terma jamoasi “F” guruhida Niderlandiya, Yaponiya va Shvetsiyaga qarshi bahs olib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!