date

Jorje Jezush mavsumdan keyin “An Nasr”ni tark etishi mumkin

Saudiya Arabistonining “An Nasr” klubida muhim o‘zgarishlar kutilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Portugaliyaning A Bola nashri ma’lumotiga ko‘ra, 71 yoshli mutaxassis o‘z qarori haqida klub rahbariyatini allaqachon ogohlantirgan. Aytilishicha, tajribali murabbiy Saudiya Arabistonidagi faoliyatini yakunlab, ishini boshqa mamlakatda davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, Jezush hozircha bor e’tiborini “An Nasr”ning qolgan o‘yinlariga qaratgan. Manbalarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis mavsum tugamaguncha hech qanday klub bilan rasmiy muzokaralarga kirishmaydi.

Bugun “An Nasr” Osiyo chempionlar ligasi-2 finali doirasida Yaponiyaning “Gamba Osaka” klubiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, jamoa Saudiya Arabistoni Pro-ligasi chempionligi uchun kurashda ham asosiy favoritlardan biri bo‘lib turibdi.

Xabarda aytilishicha, may oyi oxirida Jorje Jezushning Lissabonda Turkiyaning “Fenerbahche” klubi vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Turk grandi tajribali murabbiyga bir mavsum uchun taxminan 15 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Bu esa Jezush faoliyatidagi eng yirik shartnomalardan biri bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush mavsumdan keyin “An Nasr”ni tark etishi mumkin