date

Fran Garsiya yozda “Real”ni tark etishga yaqin turibdi

Madridning “Real” klubida himoyachi Fran Garsiyaning kelajagi borasida noaniqliklar davom etmoqda. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, qishki transfer oynasi vaqtida “Real” rahbariyati Garsiyani Angliyaning “Bornmut” klubiga ijara asosida qo‘yib yuborishni istamagan. Biroq yozgi transferlar davrida futbolchi yana jamoadan ketish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Manbada aytilishicha, 26 yoshli himoyachi Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, Ferlan Mendining jiddiy jarohat olgani Fran Garsiyaning “Real”dagi ahvoliga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ham ta’kidlangan.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U o‘z hisobida 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Fran Garsiyaning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali esa himoyachining transfer qiymatini 12 million yevro atrofida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fran Garsiya yozda “Real”ni tark etishga yaqin turibdi