20:23 / 20.01.2020
2 796

"Istiqlol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizning muxlislar ham ko‘p bo‘ladi"

"Istiqlol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizning muxlislar ham ko‘p bo‘ladi"
Foto: championat.asia
OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev hamda jamoa hujumchisi Alisher Jalilov ishtirok etishdi.
- Futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Ko‘proq qiziqarli o‘yinlar bo‘lishini tilayman. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibni o‘rganib chiqdik. "Lokomotiv"ni ko‘plab futbolchilar tark etdi va ko‘plab yangilar keldi. Shuningdek, jamoada bosh murabbiy o‘zgardi. Samvel Babayan va Andrey Fyodorovning o‘yinlari ikki xil taassurot beradi. Futbolchilarimizga ertangi o‘yin oldidan alohida talablar qo‘yamiz.

Futbolchi - "Lokomotiv" OCHLda har yili o‘ynaydi. Ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. Shu boisdan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, kelasi bosqichga chiqishimiz uchun harakat qilamiz.

- Istiqlol OCHL darajasiga tayyormi?
- Ha, tayyor. Chunki o‘tgan yillar davomida OFK kubogidagi ishtirok orqali "Istiqlol" bir necha bora ushbu ligaga tayyor ekanligini ko‘rsatib berdi.

- Klub OCHL uchun 3 nafar legionerni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ular Toshkentga keldimi?
- Bu syurpriz bo‘ladi, ertangi o‘yinda buni bilib olasiz.

- "Lokomotiv"ning o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
- Andrey Fyodorovni yaxshi bilaman. U bilan birga o‘qiganman. "Lokomotiv"ning "Reynjers" bilan o‘yinini tomosha qildik. Shuningdek, "Jiangsu" bilan o‘yinni ham o‘rganib chiqdik. "Lokomotiv" ikki o‘yinda ikki xil taassurot qoldirdi.

- O‘zbek futbolidan yoqtirgan futbolchingiz bormi?
- Odil Ahmedov. "Anji", "Krasnodar"da o‘ynagan futbolchini yaxshi bilaman. "Lokomotiv"dan esa Marat Bikmayevni yaxshi taniyman. Uning o‘yinlari menga yoqadi.

- "Paxtakor"ga qarshi bekor qilingan o‘yin tayyorgarlik rejalariga jiddiy ta’sir o‘tkazdimi?
- Yo‘q. Ob-havo xudoning qudrati. Shu boisdan bundan unchalik hafa bo‘lmadik. Ertangi o‘yinda bizning tomonga ham muxlislik qiladigan tomoshabinlar ko‘p bo‘ladi. Shu boisdan o‘yin qiziqarli kechishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Istiqlol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizning muxlislar ham ko‘p bo‘ladi"